03.00.12 – Biotexnologiya ixtisosligi bo‘yicha dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi

2023-yil 26-yanvar kuni O‘zR FA Mikrobiologiya instituti “Mikroorganizmlar bioxilma-xilligi” laboratoriyasi kichik ilmiy xodimi D.I.Qosimovning “Xlorpirifos va sipermetrin pestitsidlari bilan ifloslangan tuproqlarning mikrobli remediatsiyasi” mavzusidagi “03.00.12 – Biotexnologiya” ixtisosligi, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishining himoyasi bo‘lib o‘tdi. Ilmiy ish “Mikroorganizmlar bioxilma-xilligi” laboratoriyasi mudiri, biologiya fanlari doktori, professor L.I.Zaynitdinova ilmiy rahbarligida tayyorlandi va muvaffaqiyatli himoya qilindi.